«elektrdan noqonuniy foydalanish» tegli maqolalar


Toshkent viloyatida zapravka 11,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Kecha, 21:58

Toshkent viloyatida zapravka 11,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent viloyati Bekobod shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, 11,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shohobchasi egalariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagan mayning ferma aniqlandi
13 fevral 2025, 23:24

Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagan mayning ferma aniqlandi

Samarqand shahrida mebel sexida noqonuniy mayning bilan shug‘ullangan shaxslar elektr ta’minotiga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazdi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Surxondaryo va Farg‘onada tadbirkorlar energiya zaxirasiga qariyb 2,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi
13 fevral 2025, 03:34

Surxondaryo va Farg‘onada tadbirkorlar energiya zaxirasiga qariyb 2,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi

Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on tumanida savdo binosi egasi hisoblagichni o‘zgartirish yo‘li bilan 1,3 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatdi. Farg‘ona shahrida ham tadbirkor oshxonasidagi nosoz gaz hisoblagich orqali 1,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Namangan va Andijonda jami 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
14 yanvar 2025, 01:24

Namangan va Andijonda jami 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Namanganning Chust tumanida tadbirkorlar o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanish orqali 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi. Andijon shahrida ta’lim muassasasi 892 mln so‘m zarar yetkazdi. Ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Samarqandda fermer xo‘jaligi 4,6 mlrd so‘m elektrni o‘g‘irlagani aniqlandi
13 dekabr 2024, 00:11

Samarqandda fermer xo‘jaligi 4,6 mlrd so‘m elektrni o‘g‘irlagani aniqlandi

Samarqand viloyatidagi fermer xo‘jaliklaridan biri tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirmay kelishi oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazdi. Shu kabi holat yana ikkita tadbirkorlik subyektida kuzatildi. To‘plangan hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Samarqandda mayning ferma qariyb 30 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
5 dekabr 2024, 23:14

Samarqandda mayning ferma qariyb 30 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Samarqandning Ishtixon tumanida yerto‘lada joylashgan 89 ta mayning qurilmasi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishi oqibatida qariyb 30 mlrd so‘m zarar yetkazildi.

Namanganda sex 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
27 noyabr 2024, 01:19

Namanganda sex 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Namanganning Chust tumanida transformatorni qasddan uzib, 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan ishlab chiqarish sexi mas’ullari ushlandi. To‘plangan hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
19 noyabr 2024, 10:29

Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

Yashnobod tumanida joylashgan MCHJ mas’ullari elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Buning oqibatida 7 mlrd 528 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
13 noyabr 2024, 00:10

Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Jizzax viloyatida darvoza yasash sexi elektr qurilmalarini tarmoqqa noqonuniy ulab, 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlandi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Qoraqalpog‘istonda ikkita korxona 1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi
1 noyabr 2024, 09:54

Qoraqalpog‘istonda ikkita korxona 1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda ikkita korxona umumfoydalanishdagi tarmoqqa noqonuniy ulanish orqali 1,5 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagani aniqlandi. Toshkentda ishlab chiqarish sexi 578 mln so‘m zarar yetkazdi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari ochildi.

Jizzaxda metan “zapravka” 8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi
29 oktabr 2024, 16:23

Jizzaxda metan “zapravka” 8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi metan “zapravka” elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Angrenda metan “zapravka” 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
28 oktabr 2024, 22:41

Angrenda metan “zapravka” 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent viloyati Angren shahridagi metan “zapravka” elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Namanganda tadbirkor 1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
14 oktabr 2024, 21:50

Namanganda tadbirkor 1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tadbirkorlik subyektiga tegishli suv taqsimlash inshooti tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanishi oqibatida 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Qashqadaryoda shifoxona 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
10 oktabr 2024, 00:16

Qashqadaryoda shifoxona 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Qarshi shahridagi ona va bola salomatligi markazi 4 dona chiller sovutish tizimini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 2,1 mlrd so‘m zarar keltirgani ma’lum bo‘ldi.

Jizzaxda yerni nasos orqali sug‘orishda qariyb 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
21 avgust 2024, 18:36

Jizzaxda yerni nasos orqali sug‘orishda qariyb 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Zomin tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari yerni nasos orqali sug‘orish mobaynida uskunalarni o‘zgartirib, qariyb 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda AYOQSH 1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
15 avgust 2024, 20:18

Qashqadaryoda AYOQSH 1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Qarshida faoliyat yurituvchi AYOQSH elektr hisoblagichni o‘zboshimchalik bilan alishtirib, 1 mlrd 85 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Mablag‘lar qayta hisob-kitob qilindi, hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Xorazmda g‘isht ishlab chiqaruvchi korxona 4,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi
9 avgust 2024, 14:12

Xorazmda g‘isht ishlab chiqaruvchi korxona 4,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Gurlan tumanida g‘isht ishlab chiqarish zavodida 4,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Kompaniya rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va u protsessual tartibda ushlandi.

Qibrayda mayning ferma tashkil qilib, 1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxs ushlandi
22 iyul 2024, 20:08

Qibrayda mayning ferma tashkil qilib, 1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati Qibray tumanida uyidagi 8 to‘plam mayning qurilmasini umumfoydalanishdagi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazgan fuqaro qo‘lga olindi. Shu kabi holat Yuqori Chirchiq tumanida ham aniqlandi.

Buxoroda fermer xo‘jaliklari qariyb 4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
19 iyul 2024, 20:56

Buxoroda fermer xo‘jaliklari qariyb 4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Buxoro tumanidagi fermer xo‘jaliklari mas’ullari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xorazmda korxona yerni sug‘orish uchun 2,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
2 iyul 2024, 01:59

Xorazmda korxona yerni sug‘orish uchun 2,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Urganchda faoliyat olib boruvchi MCHJ yer maydonini sug‘orish uchun suv nasoslarini elektr hisoblagichga yashirincha ulab, 2,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bosh prokuratura departamenti yana 3 ta viloyatda shu kabi holatlarni fosh qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting